Islom Karimovning nabirasi rossiyalik blogerga turmushga chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Taniqli rus blogeri O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Lola Karimova-Tillyayevaning qizi Maryam Tillyayevaga uylandi.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘y AQSHning Las-Vegas shahrida, kelin va kuyovning yaqin qarindoshlari va do‘stlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Ommabop blogerning rafiqasi Maryam Tillyayeva - O‘zbekistonning marhum Prezidenti Islom Karimovning nabirasi, uning eng kichik merosxo‘ri Lola Karimovaning qizi.

Maryam taxminan yetti yil oldin, 14 yoshida o‘qish maqsadida Amerikaga ko‘chib o‘tgan. Amiranning esa AQSHga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan. Bloger o‘z biznesidan norozi bo‘lib, Moskvani tark etishga majbur bo‘lgan. Yigitning YouTube'da "Xachning kundaligi" nomli juda mashhur vlogi, shuningdek millionlab daromadlari bor edi.

2020 yilda Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan Sardarov keng xonadonga joylashdi va yangi hayotni boshladi. Uning o‘sha paytda Maryam bilan tanish bo‘lgan yoki bo‘lmagani noma’lum.

Manbalarga ko‘ra, kecha, 14 aprel kuni Amiran va Maryamning to‘yi Las-Vegasdagi hashamatli ziyofat zalida bo‘lib o‘tgan. Ularning nikohini Elvis Presli obrazida kiyingan qora tanli aktyor qayd etgan. Kelin qordek oppoq uzun ko‘ylakni tanlagan bo‘lsa, kuyov esa shorti va oq ko‘ylakda namoyon bo‘lgan.

Maryam Amirandan taxminan 13 yosh kichik, u blogerning videolarida bir necha bor tasvirga tushgan. Ammo juftlikning o‘zi bu munosabatlarni tasdiqlamagan. Yaqinda Maryam ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga oq libosda tushgan rasmlarini joylab, u nima uchun yaxshi rafiqa bo‘lishini yozib qoldirgan edi.

"Mening fikrimcha, men o‘ta kulgili va yoqimtoyman, stressga chidamliman, Jastin Biber uchun tanlagan kishimdan istalgan vaqtda voz kechishga tayyorman. Kayfiyatimga qarab gitara chalishni o‘rganyapman. Shuningdek, tennis o‘ynayman, pianino chalaman, san’at olami haqida ko‘p  narsa bilaman. Men sushi, zaytun, bodring, achchiq chipslar, shokolad iste’mol qilaman, blin pishira olaman", degan qiz.

Ma’lumot o‘rnida, Maryamning Umar ismli ukasi va Sofiya ismli singlisi bor.

Ma’lumki, Karimovlar oilasining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uchun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova O‘zbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish va Karimov nomidagi Respublikasi jamoat fondi faoliyatini yuritishda bosh-qosh. 

Lola Karimova-Tillyayeva AQSHdan turib “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini boshqarib kelmoqda. U AQSHda "The Harmonist" attorlik buyumlari brendiga asos solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3009

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing