MXDQ: Atamboyev davlat to‘ntarishini niyat qilgandi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev mamlakatda to‘ntarish o‘tkazishga urinishda ayblandi. Bu haqda NTV telekanalai Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Orozbek Opumboyevga tayanib xabar berdi.

“Atamboyev davlat to‘ntarishini amalga oshirishni niyat qilgan edi. To‘ntarish uchun unga qon kerak edi. Bu uning niyati edi”, dedi Orozbek Opumboyev.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘qorg‘i Kenesh bir guruh deputatlarning sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni dahlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi maxsus qarorini tasdiqladi. Bu qaror Atamboyevni jinoiy javobgarlikka tortish imkonini berdi. Atamboyevning dahlsizligini bekor qilish uchun asoslarni keltirdi. Dastlab, komissiya a’zolari Atamboyevni qonunni 9 o‘rinda buzganlikda aybladi, yakunda ayblovlar 6 tagacha qisqardi. 

Sobiq Prezident Issiq ko‘l viloyatida yer uchastkalarini qayta profillash, Bishkek issiqlik elektr stansiyasi va mamlakat poytaxtidagi Tarix muzeyi rekonstruksiyasida korrupsiyaga qo‘l urganlikda, jinoiy “avtoritet” Aziz Batukayevni jazoni o‘tash joyidan noqonuniy ozod qilish, shuningdek, noqonuniy ravishda poytaxt IESga ko‘mir yetkazib berish va Chuy viloyati Qo‘y-Tosh qishlog‘ida turar-joy qurish uchun yer ajratishda ayblanyapti. 

Qirg‘izistonda mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi. Maxsus bo‘linma Atamboyevning Qo‘y-Toshdagi uyiga bostirib kirdi

8 avgust kuni sobiq Prezident Almazbek Atamboyev huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan
Almazbek Atamboyev Bishkekning Pervomay tumani sudyasi Adilbek Subankulov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga chaqirilib, u yerda zudlik bilan sud majlisi o‘tkazgan.

Sud Atamboyevni 26 avgustgacha hibsga olish haqida qaror chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing