Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportning qachon modernizatsiya qilinishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
01 may 2019
4615Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportini modernizatsiya qilishni boshlash 2020 yil may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.
2019 yil may oyida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish mo‘ljallanmoqda. Loyiha qiymati - 470 mln AQSH dollari.
2019 yil 3-chorakda DXSH loyihasi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil sentyabrida - tender takliflari so‘rovini e’lon qilish, 2019 yil dekabrida - tender takliflarini tayyorlash va topshirish, 2020 yil yanvarida - tender takliflarini baholash, 2020 yil fevralida - tender g‘olibini e’lon qilish rejalashtirilgan.
Bitimni imzolash jarayoni esa 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi