Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblariga qancha pul berilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Turkiyada bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi qarorida belgilangan.

Qaror bilan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

•  oltin medal uchun – 5 ming AQSH dollari;
•  kumush medal uchun – 3 ming AQSH dollari;
•  bronza medal uchun – 2 ming AQSH dollari;

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

•  oltin medal uchun – 2,5 ming AQSH dollari;
•  kumush medal uchun – 1,5 ming AQSH dollari;
•  bronza medal uchun – 1 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida 48 ta oltin, 38 ta kumush va 56 ta bronza, umumiy hisobda 142 ta medal jamg‘ardi. Bu ko‘rsatkich borasida faqatgina mezbon Turkiya O‘zbekistondan oldinda bormoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1367

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing