Ishtixon tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2022
8047Bugun, 15 iyun kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tuman xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Fazliddin Ro‘ziyevni hokim lavozimiga tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Shuhrat Negmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Fazliddin Kiranovich Ro‘ziyev nomzodi Ishtixon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi