“ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i Toshkent reklama festivali TAF!21da ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi
Biznes
−
15 Oktabr 2021
45519 oktyabr kuni Toshkent shahrida Toshkent reklama festivali TAF!21ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalda “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i VIP hamkor hamda ishtirokchi sifatida ishtirok etdi.
Ushbu festivalda “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i turli nominatsiyalarda o‘zining reklamalari bilan ishtirok etib, O‘zbekiston iste’molchilarining ovoz berishi natijalariga ko‘ra, 5 ta oltin va TAF! Eng yaxshi reklama tanlovi ekspert hay’ati a’zolari tanloviga ko‘ra, 2 ta bronza mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari kompaniyamiz “Mintaqaviy nooziq-ovqat tovarlari riteyli yetakchisi” mukofoti bilan ham taqdirlandi.
Tanlovda ishtirok etgan loyihalarimizni siz ham tomosha qilishingiz mumkin:
Loyiha nomi: ISHONCH Chill out
Nominatsiyalar:
Milliy qadriyatlar ishtirokidagi kampaniya – 1-o‘rin (iste’molchilar tanloviga ko‘ra), 3-o‘rin (ekspertlar tanloviga ko‘ra);
SMM-kampaniya – 1-o‘rin (iste’molchilar tanloviga ko‘ra);
Mavsumiy kampaniya – 1-o‘rin (iste’molchilar tanloviga ko‘ra);
Loyiha nomi: Bizga yordam bergan asosiy narsa bu Ishonch
Nominatsiya: Bitta kommunikatsiya kanaliga ega kampaniya – 1-o‘rin (iste’molchilar tanloviga ko‘ra);
Loyiha nomi: Ayol – kuchli zot!
Nominatsiya: Ijtimoiy muhim vazifalarning hal qilinishi – 1-o‘rin (iste’molchilar tanloviga ko‘ra), 3-o‘rin (ekspertlar tanloviga ko‘ra);
Batafsil ma’lumot uchun: +99873 515 22 22
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:
Telegram Twitter Facebook Instagram YouTube
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi