Ishmetov moliya vazirligidan ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Timur Ishmetov egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Timur Amindjonovich Ishmetov Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimidan ozod etilgan. 

Ishmetov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000 yilda Toshkent Moliya Institutini tamomlagan. 2005 yilda-Birmingham universiteti (Buyuk Britaniya)ni tugatgan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – moliyachi (bank va kredit), huquqshunos. 

U 2020 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Moliya vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing