ISHID koronavirusdan foydalanib qolmoqchi – OAV

Olam

image

ISHID terrorchilik guruhi Iroq xalqiga koronavirus yuqtirilgan niqoblarni tarqatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Livanning “al-Mayadeen” telakanali ma’lum qilmoqda.

“ISHID terrorchilari infeksiyalangan vositalar va niqoblarni tarqatmoqchi. Jangarilar ushbu ishni nazoratlarida ushlab turgan qishloqlardan boshlamoqchi”, deyiladi telekanal xabarida.

O‘z navbatida, Iroq xavfsizlik idoralaridagi manbalar kanalga xabar berishicha, ular bunga qarshi faol operatsiya o‘tkazishni rejalashtirgan. “Biz iroqliklarga notanish odamlar bilan gaplashmasliklari haqida ogohlantiryapmiz”, degan iroq armiyasidagi manbalardan biri.

Eslatib o‘tamiz, Iroq 2017 yilning so‘ngida ISHID ustidan to‘la g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ayrim joylarda qolib ketgan terrorchilar guruhini yo‘q qilish ishlari hamon davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

570

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing