Ishdan olingan Nishon hokimi Muborakga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 31 oktyabr kuni Muxtor Qo‘ldoshevich Hayitmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Nishon tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan.

Qarshi tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Hayitmurodov bugunning o‘zida xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. 

Muxtor Hayitmurodov 1970 yilda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. U Toshkent davlat agrar universiteti va Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Shuningdek, bugun, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga ham yangi hokim tayinlangan. 

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan xalq deputatlari Sayxunobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Anvar Rasulovich Karimov Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Shu kunga qadar Sayxunobod hokimi sifatida ishlab kelayotgan Farrux O‘ktamjonov esa boshqa ishga o‘tayotganligi sababli o‘z lavozimidan ozod etilgan. 

Anvar Karimov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Muborak Sayxunobod Nishon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing