“Ishdagi ishq” qahramoni Andrey Myagkov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
18 fevral 2021
8623Taniqli teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti Andrey Myagkov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Chexov nomidagi Moskva badiiy teatriga asoslanib xabar berilgan.
Aktyorning o‘limiga dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Myagkov o‘z karerasini 1965 yilda “Tish shifokorining sarguzashtlari” komediyasida, tish shifokori Chesnokov rolini gavdalantirib boshlagan.
Shuningdek, u “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling”, "Ishdagi ishq", "Garaj" kabi filmlardagi roli orqali muxlislar qalbidan joy olgandi.
Avvalroq, “Ishdagi ishq” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan SSSR xalq artisti Alisa Freyndlix koronavirusga chalingani va qizi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, “Ishdagi ishq” filmi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor – Yuriy Grigorevich Samoxvalov roli ijrochisi Oleg Basilashvili ham koronavirusga chalingan edi. Joriy yilning 9 yanvar kuni u sog‘ayib, uyiga qaytgan.
LiveBarchasi