Ish staji haqida hujjatlar yo‘qolgan taqdirda pensiya olish tartibi qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

Pensiya olish jatayonida fuqarolar ko‘pincha ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxona va tashkilotlarda arxiv idoralariga saqlash uchun topshirilmaganidan yoki o‘zlari tomonidan yo‘qotilganidan aziyat chekadi. “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ish stajini tasdiqlash xususida tartiblar belgilangan.

“Ish staji to‘g‘risida hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilan belgilanadi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda sudlarga da’volar tayyorlashda ko‘maklashadi”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda keltirilishicha, avariyalar va mahalliy ko‘lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong‘in, suv bosishi), tashkilotning to‘liq tugatilishi yoki boshqa sabablar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoni bo‘lmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi.

Bundan tashqari, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘linmagan taqdirda ham ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing