Irrigatsiya universitetining ikkita filiali institutga aylantiriladi
Jamiyat
−
11 dekabr 2021
6085“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Buxoro va Qarshidagi filiallari negizida yangi institut tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilandi.
Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi takliflari ma’qullandi:
• Universitet huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
• Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutini tashkil etish;
• Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish.
Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti Universitet huzurida faoliyat yuritishi belgilandi.
LiveBarchasi