Irrigatsiya universitetiga yangi rektor tayinlandi
Jamiyat
−
24 yanvar 2022 12309 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bahodir Suyunovich Mirzayev “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori etib tayinlandi.
Bahodir Suyunovich Mirzayev texnika fanlari doktori, professor ilmiy darajasiga ega.
U bugunga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektorining birinchi prorektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Universitetda gidroenergetika, irrigatsiya, kadastr va geoinformatika sohalari uchun muhandis kadrlar tayyorlanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr