Iroq Eronning raketalar hujumi ortidan Tehrondagi elchisini chaqirib oldi

Olam

image

Iroq Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Erondagi elchisi Nosir Abdul Mohsenni maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Bu haqda Iroq Tashqi ishlar vazirligi X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, Eron inqilobiy gvardiyasi 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi Iroq shimolida joylashgan Erbil shahriga raketa zarbalari bergan edi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani, 5 kishi tan jarohati olgani aytilmoqda.

Iroq Prezidenti Abdullatif Jamol Rashidning aytishicha, Eronning Erbilni o‘qqa tutgani nafaqat Iroq, balki butun mintaqa xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi voqeani tajovuz sifatida baholadi.

Tehron esa bu hududda Eronga qarshi terrorchi guruhlar to‘planganini da’vo qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eron Pokistondagi “Jaysh al-Adl” jangari guruhining ikki qarorgohiga ham raketa va uchuvchisiz samolyotlari bilan zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Iroq elchi hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing