Iroqdagi shifoxonada yong‘in sababli 54 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 12 iyul kuni Iroq janubidagi An-Nosiriya shahrida  koronavirus bilan kasallanganlar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda, Iroqning “Samariya” telekanali xabar bermoqda 

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, shifoxonadagi yong‘in kislorod ballonining portlashi tufayli yuz bergan. Buning oqibatida, 54 kishi halok bo‘lib, 13 nafar bemor jiddiy jarohat olgan. Viloyatda favqulodda holat e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, bu Iroqdagi koronavirus bemorlar davolanayotgan shifoxonada sodir bo‘lgan birinchi yong‘in emas. Aprel oyida Bag‘doddagi Ibn al-Xatib shifoxonasida ham yong‘in sodir bo‘lib, unda 82 kishi halok bo‘lgan edi.

Sardor Ali Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing