Iroqda dahshatli yong‘in ortidan vazir va gubernator ishdan olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Bag‘dod gubernatori Jobir al-Ata va mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Hasan at-Tamimiyni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda "Sky News Arabia" telekanaliga asoslanib xabar berilgan.

Bunga koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada sodir bo‘lgan yong‘in sabab bo‘ldi. Yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi.

Janob al-Kozimiyga ko‘ra, "shifoxonada sodir bo‘lgan dahshatli yong‘inning asosiy sabablari beparvolik va noto‘g‘ri boshqaruv edi".

Ishdan bo‘shatilganlarga nisbatan tergov olib borilmoqda.

Shifoxonaning bosh shifokori, xavfsizlik xizmati rahbari va binoning texnik ta’minoti uchun mas’ul shaxslar hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, yong‘in 24 aprel kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Shifoxonada yong‘indan himoya qilish tizimi mavjud bo‘lmagan. Dastlabki sabab kislorod ballonining portlashi bo‘lgan. Natijada hozirgacha 88 kishi vafot etgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing