Irkutskda o‘zbek va tojik diasporalari rahbarlari hibsga olindi

Olam

image
Rossiyadagi o‘zbeklar jamiyati rahbari qamaldi north_east

Rossiyadagi o‘zbeklar jamiyati rahbari qamaldi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘zbek va tojik diasporalari rahbarlari muhojirlarga migratsiya organlariga taqdim etish uchun rus tili, tarix va Rossiya qonunchiligini bilish bo‘yicha soxta sertifikatlar berganlikda hamda bu noqonuniy sxema orqali 1,5 million rubldan ko‘proq daromad topishda gumonlanmoqda.  Bu haqda Irkutsk viloyati politsiyasi xabar berdi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Milliy markazi raisi va tojik diasporasi raisining o‘rinbosari ushbu noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda gumon qilinmoqda. Ulardan biri hibsga olingan, ikkinchisiga esa sud tomonidan qator cheklovlar belgilangan.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ular joriy yil yanvaridan buyon hududdagi ta’lim markazi bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolarga pul evaziga rus tili va Rossiya qonunchiligini bilish to‘g‘risidagi qalbaki sertifikatlarni berib kelishda hamda har bir sertifikat uchun 8 ming rubldan olib, jami 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ yig‘ishda gumonlanmoqda.

Qayd etilishicha, diaspora rahbarlarining ofisi va yashash joylarida tintuv o‘tkazilib, kompyuterlar, flesh-kartalar, 1,7 million rubldan ko‘proq mablag‘ va bank kartalari topilgan. Tergov qo‘mitasi ushbu voqea yuzasidan tijorat poraxo‘rligi va noqonuniy migratsiyani tashkil qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati Davlat Dumasiga migratsiya sohasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik, shu jumladan migratsiya organlarida soxta ro‘yxatga olish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Irkutsk o'zbek va tojik diasporasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made