Ipoteka krediti berish tartibida o‘zgarish bo‘ldi
Jamiyat
−
11 avgust 2021 35750 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-6274-son farmoni qabul qilindi.
Birinchidan, Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmonida 2020 yilda qishloq joylarda va shaharlarda yangi tartibga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari (1, 2-ilovalar) yangi tahrirda tasdiqlandi.
Ikkinchidan, Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmonida quyidagilar yangi tahrirda tasdiqlandi:
- 2021 yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari va ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari (1, 2-ilovalar);
- 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori (3-ilova).
Shuningdek Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga “Qishloq qurilish invest IK” MCHJ ishtirokida qishloq joylarda qo‘shimcha ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurishning maqsadli parametrlari (41-ilova) tasdiqlandi.
2-band 5, 6-xatboshilar bilan to‘ldirildi. Ularga muvofiq 2021 yil 1 oktyabrga qadar qurilishi yakunlanib, foydalanishga tayyor holda topshirilgan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi mazkur Farmonning 3-ilovasida keltirilgan kvartira maydonining eng ko‘p me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda sotib olinadigan kvartiraning narxi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lanadi.
Prezidentning 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmoni 4-bandi 3-xatboshisi hamda Prezidentning 2021 yil 11 martdagi PF-6186-son Farmoni 1-bandi 5-xatboshisiga muvofiq uy-joylarning hisoblangan qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi va har 6 oyda qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025