“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qabul davom etmoqda

Biznes

image

Respublikamizning davlat oliy ta’lim muassasalari ichida bir yilda ikki marta talabalikka qabul qiluvchi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bakalavriat va 1 yillik magistratura mutaxassisliklariga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif qiladi. Barcha ta’lim va mutaxassislik yo‘nalishlarida grant o‘rinlar mavjud.

BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHLARI 

•    Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha);
•    Arxeologiya;
•    Madaniy meros ob’ektlarini asrash. 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

•    Logistika (turizm yo‘nalishlari bo‘yicha);
•    Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);
•    Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
•    Menejment (Madaniy meros sohasi bo‘yicha);
•    Ijodiy sanoat;
•    Arxeologiya.

Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: admissions.univ-silkroad.uz orqali 2022 yil 10 sentabrgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida V2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo‘yicha kamida 72 va undan yuqori balli bilim darajasi ko‘rsatkichi bilan xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (V2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (admissions.univ-silkroad.uz)yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

+998662406770
+998662408616
+998662406786
+998662408606
+998933483380
+998902241442

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing