Iordaniyada sayyohlarga hujum qilgan terrorchi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
12 yanvar 2021
3070Iordaniya davlat xavfsizlik sudi bugun, 12 yanvar kuni 2019 yilda Jarash shahrida bir guruh xorijiy sayyohlarga hujum qilgan ekstremistni o‘limga mahkum etdi. Bu haqda Iordaniyaning “Al Ra’i” gazetasi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, sud ushbu ish bo‘yicha ikkinchi sudlanuvchini umrbod qamoq jazosiga, Jarashdagi teraktga aloqador boshqa birini esa yetti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida Jarashdagi Rim xarobalari bilan tanishish paytida pichoq bilan qurollangan kishi bir guruh chet elliklar va tarjimonga hujum qilgandi. Yordamga kelgan politsiyachi va yana bir necha kishi yaralangan. Jabrlanganlarning umumiy soni sakkiz kishini tashkil etgan.
LiveBarchasi