Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi
O‘zbekiston
−
24 Avgust 2025 8256 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya podshohi Abdulloh II bin al-Husayn 25-26 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat podshohi Abdulloh II bin al-Husaynga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr