Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
30 aprel 2021 5454 1 daqiqa
Bojxona xizmati polkovnigi Otabek Bobomurodovich Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, tayinlovga qadar Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Otabek Choriyev bojxona sohasiga sadoqati va fidoiyligi tufayli 2005 yilda “Shuhrat” medali, 2020 yilda ”Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yana bir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Live
Barchasi