O‘zbekiston internetni bloklovchi uskuna sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Jazoirdan tortib, O‘zbekistongacha bo‘lgan ulkan geografik hududdagi davlatlar AQSHning Sandvine Inc. kompaniyasidan internet trafikni boshqaradigan texnologiyalarni sotib olgan. Bu texnologiyalar internetni senzura qilishda ham ishlatilishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

O‘tgan oyda Sandvine Belarusga o‘z uskunalarini sotishni to‘xtatishi haqida ma’lum qilgan. Bunga ushbu mamlakatda kompaniya qurilmalari namoyishlar vaqtida internetni bloklashda foydalanilgan. Ammo Sandvine bunga qarshi, kompaniyada internetni bloklash inson huquqlarini buzish deb baholanadi.

Asosan internet trafigini boshqarishga mo‘ljallangan kompaniyaning qurilmalari so‘nggi yillarda internetda senzura o‘rnatish maqsadida ham ishlatilgan. Bu davlatlar qatoriga Jazoir, Afg‘oniston, Azarbayjon, Misr, Eritreya, Iordaniya, Quvayt, Pokiston, Qatar, Rossiya, Sudan, Tailand, Turkiya, BAA va O‘zbekiston kabi mamlakatlar kiradi, deb yozadi Bloomberg Sandvine kompaniyasining bir nechta sobiq va amaldagi xodimlari hamda kompaniya hujjatlariga asoslanib.

Nashrning kompaniyaning amaldagi va sobiq xodimlariga asoslanib yozishicha, bu mamlakatlarda Sandvine'ning veb-saytlarni bloklash texnologiyalaridan siyosiy maqsadlarda yangiliklar saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga to‘siq qo‘yishda foydalanilgan. Bundan tashqari, Sandvine ushbu davlatlarning ko‘pchiligiga yangilanishlar va texnik tajribalarini yuborishda davom etgan.

Sandvine texnologiyalari yuqori darajadagi internet ma’lumotlarining davlatlarga kirib kelishi va chiqib ketishini boshqaradi. “Paketlarni chuqur tekshirish” (deep packet inspection) deb nomlanadigan qurilma spam va viruslarni blok qila olishi mumkin. Ammo, kompaniya hujjatlariga ko‘ra, ushbu qurilma orqali millionlab vebsaytlar va messenjerlarni blok qilib qo‘yish mumkin.

Nashrning yozishicha, Misr va O‘zbekistonda esa ushbu texnologiyalardan mustaqil yangiliklar vebsaytlarini bloklashda foydalanilgan.

Qurium Media Foundation, raqamli huquqlarni himoya qiluvchi guruh vakilining aytishicha, so‘nggi o‘n yillikda tashkilot Misr, Ozarbayjon, Iordaniya va O‘zbekistondagi mustaqil OAVga yordam bergan. “Ushbu davlatlarda operatorlar Sandvine texnologiyalaridan ko‘plab mustaqil OAV vebsaytlarini bloklashda foydalanishadi”, deydi Tord Lyudnstrom.

“Bloomberg” tomonidan o‘rganilgan hujjatlarga ko‘ra, Sandvine kompaniyasi Misr, O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlarga foydalanuvchilarning vebsayt-brauzerlari tarixi bo‘yicha ma’lumot yig‘adigan texnologiyalarni yetkazgan.

“Belarusda kompaniya texnologiyalari davlat tomonidan boshqariladigan internet agentlikka sotilgan. Ushbu texnologiyalar avgust oyida ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari, messenjerlarni bloklashda ishlatilgan”, deyiladi “Bloomberg”xabarida.

Iyul oyida O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan edi. Foydalanuvchilar sekin yuklanayotgan yangilik lentalari, izohlar, videolar va fotosuratlar haqida shikoyat qilishgan.

O‘zbekistonda Facebook va YouTube ga kirish bilan bog‘liq muammolar 2019 yil oxiri — 2019 yil boshida bir necha oy mobaynida ham kuzatilgan. Rasmiylar buni telekommunikatsiya uskunalarini yangilash va tayinlangan nomlar va raqamlar bo‘yicha internet-korporatsiyasi — ISAAN`ning kriptografik kalitini o‘zgartirish bilan izohlashgan edi. Ammo keyinroq manbalar bloklangani ma’lum bo‘ldi.

2019 yil yozida o‘sha payt Prezident ma’muriyati huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Facebook va YouTube`ni bloklab qo‘ygan shaxslar “qamoqda” ekanliklarini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

299

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing