Internetda tarqalgan video yolg‘on bo‘lib chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan andijonlik bir yigitni shafqatsizlarcha kaltaklangani videosi uyushtirilgan bo‘lib chiqdi. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

"2020 yil 3 yanvar kuni Shahrixon tumanida yashovchi O.S., K.K. va I.N.lar yashash xonadonni ta’mirlashayotgan vaqtlarida O.S.ning kiyimlariga qurilishda foydalanib kelinayotgan “qizil” rang beruvchi (koller) to‘kilib ketgani sababli O.S.ning taklifiga ko‘ra sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, videotasvirga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali internetda tarqatib yuborishgan", deyiladi departament xabarida

Huquq-tartibot idoralari uyushtirilgan videoni suratga olgan yoshlarni aniqladi. Shundan so‘ng, Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. U yerda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.Abdulxakov jamoatchilik bilan uchrashgan. Unda yoshlarning o‘zlari, ularning ota-onalari va tuman jamoatchiligi ishtirok etdilar.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing