Internet tariflari arzonlashtirildi – AKT vaziri

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi: 1 Mbit/s 40 ming so‘mni tashkil etadi. Bu haqda AOKAdagi brifingda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lum qildi:

“Mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foizga arzonlashtirilishiga erishildi. Ijtimoiy soha ob’ektlariga, jumladan 8 095 ta xalq ta’limi, 5 440 ta maktabgacha ta’lim va 3 207 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi”, deydi Sodiqov.

AKT vaziriga ko‘ra, 2020 yilning to‘rtinchi choragida Respublika bo‘yicha 14 ta, ya’ni har bir hududda bittadan tayanch IT-maktablari tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi jalb qilingan, ulardan 18 ming nafardan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing