International mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkentdagi International mehmonxonasining 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi InterHotel MCHJdagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish uchun savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.

Sotuvga qo‘yilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 gektar yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.

Xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest), majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) hamda majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) bosqichlari. Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirish belgilangan.

Arizalarni qabul qilish muddati – 2024 yil 4 iyul soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mehmonxona International

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing