“Inter Mayami” yangi stadion tribunlaridan birini Messi sharafiga nomladi

Sport

image

Amerikaning “Inter Mayami” klubi yangi stadionidagi tribunlardan biriga argentinalik hujumchi Lionel Messi sharafiga nom berilishini e’lon qildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi stadion joriy yilning 5 aprel kuni MLS muntazam mavsumi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Ostin”ga qarshi uchrashuv bilan rasman ochiladi.

“Bizning 10-raqamli futbolchimiz va jamoa sardori jahon sportida kamdan-kam uchraydigan voqea ishtirokchisiga aylanadi — faol faoliyatini davom ettirayotgan futbolchi o‘z sharafiga nomlangan tribunaga ega bo‘ladi”, deyiladi klub bayonotida.

Lionel Messi 2023 yil yozidan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan. U klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar va assistent bo‘lib, barcha musobaqalarda 94 ta o‘yinda 82 ta gol va 44 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

AQSHdagi faoliyati davomida Messi jamoa bilan Liga kubogi (2023), MLS muntazam mavsumi (2024), MLS Sharqiy konferensiyasi pley-off bosqichi (2025) va MLS kubogida (2025) g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi stadion “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing