“Inter Mayami”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun Messiga 2 ta gol kamlik qilmoqda

Sport

image

MLSning “Inter Mayami” klubi sardori Lionel Messi “Filadelfiya Yunion”ga qarshi so‘nggi o‘yinda (3:1) dubl qayd etib, Amerika jamoasidagi faoliyatidagi gollari sonini 27 taga yetkazdi.

Shu tariqa, argentinalik hujumchiga hamyurti Gonsalo Iguainga (29) tegishli bo‘lgan “Inter”ning barcha vaqtlardagi to‘purarlik rekordini takrorlash uchun atigi ikki gol kamlik qilmoqda.

Qayd etish joiz, 37 yoshli Messi Kolumbiya bilan Amerika kubogi final o‘yinida (1:0) to‘pig‘idan jarohat olib, ikki oy ichida ilk bor maydonga tushdi. 

Messi 2023 yildan beri Mayamining “Inter” klubida to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami Filadel'fiya Yunion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing