“Inter Mayami” muxlislari Messini jiddiy tanqid qildi
Sport
−
03 may 5315 1 daqiqa
Amerikaning “Inter Mayami” jamoasi KONKAKAF Chempionlar Ligasi yarim finalida “Vankuver Uaytkeps”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. Qoniqarsiz natijadan so‘ng, “qo‘rg‘onchilar” muxlislari o‘z sardori Lionel Messini jiddiy tanqid qildi.
Jumladan, tarmoqlardagi Florida klubi muxlislari klub va Messi manzili tomon tanqidiy izohlarni yozib qoldirdi.
“Inter Mayami” himoyasi professional futbol tarixidagi eng yomon himoyadir”, deb yozdi Jeyk Bakli.
“Inter Mayami” tashkil etilganidan beri muxlis sifatida men Messini klubimdan ketishini xohlayman. U jamoani ushlab turibdi. Iltimos, Bekxem, unga yangi klub topishini ayt. Bizga sovrinlar kerak, faoliyatini yakunlayotgan futbolchilar emas”, deb yozdi ThePessiLad nomli foydalanuvchi.
“Yig‘lagin Messi va ahmoq chol Suares!”, deydi Laisser Maeda nomli foydalanuvchi.
KONKAKAF Chempionlar ligasi finalida “Vankuver Uaytkeps” Meksikaning “Kruz Azul”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi