“Inter Mayami” Messining jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi
Sport
−
18 mart 3148 1 daqiqa
“Inter Mayami”ning argentinalik 37 yoshli hujumchisi Lionel Messi yaqinda MLS doirasidagi “Atlanta Yunayted” bilan o‘yinda jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Mayami jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi, Messi esa gol urdi.
“Messi mushaklari holatini baholash uchun MRT tekshiruvidan o‘tdi. U “Atlanta”ga qarshi o‘yinda o‘zini noqulaylik his qildi. Tekshiruv natijalari qo‘shimcha mushakning yengil jarohati mavjudligini tasdiqladi. U bo‘lajak o‘yinlarda qatnasha oladimi yoki yo‘qmi, hozircha bilmaymiz”, deb yozadi klub matbuot xizmati.
Qayd etish joiz, Messi jarohati tufayli Argentina terma jamoasining JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi Urugvay va Braziliyaga qarshi o‘yinlari uchun yakuniy ro‘yxatiga ham kiritilmadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr