“Inter Mayami”ga yangi bosh murabbiyi tayinlandi
Sport
−
11:51 482 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi safida 2004 yilgi Olimpiada futbol turniri g‘olibi bo‘lgan Kili Gonsales MLS’ning “Inter Mayami” klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
52 yoshli mutaxassisning shartnoma muddati ma’lum qilinmagan. Gonsales zarur ruxsatnomalarni olganidan so‘ng jamoa bilan ish boshlaydi. Hozircha “Inter Mayami”ni Gilermo Xoyos boshqarib turibdi.
Jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Argentina va “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xaver Maskerano edi. U 2024 yil noyabridan 2026 yil apreligacha klubda ishladi va jamoa bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritdi. Maskerano ketganidan so‘ng Xoyos vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib keldi.
Ma’lumot uchun, futbolchilik faoliyati davomida Gonsales “Valensiya” bilan Ispaniya chempionati va Superkubogida g‘olib chiqqan. Keyinchalik “Inter”da to‘p surib, klub bilan ikki marta Italiya Kubogi va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. 2004 yilda Gonsales Argentina terma jamoasi bilan Olimpiadada oltin medal sohibi bo‘lgan.
Murabbiylik faoliyatida esa argentinalik mutaxassis “Rosario Sentral”, “Union Santa-Fe” va “Platense” jamoalarida ishlagan.
Live
Barchasi