Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazildi
Jamiyat
−
08 fevral 2019
4051Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) etib qayta nomlanadigan bo‘ldi.
Qaror binoan:
Agentlik, shu jumladan, Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda o‘tkaziladi;
Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari – direktor boshchilik qiladi;
Agentlik direktorining o‘rinbosarlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
LiveBarchasi