Instagram'dagi suratlarni o‘chirish uchun 5 000 dollar so‘ragan tovlamachi ushlandi

3-sahifa

image

Xorazmda Instagram sahifasidagi fuqaroni obro‘sizlantiruvchi rasmlarni o‘chirish evaziga 5 000 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, M.B. ismli shaxs fuqaro S.ning nomiga ochilgan Instagram sahifasidagi uni obro‘sizlantiruvchi rasmlarni o‘chirish evaziga 5 000 dollar talab qilgan. Firibgar fuqaroning akasi orqali so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi  bo‘yicha yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing