Instagram’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
Texnologiya
−
08 fevral 2020
7063Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qayd yozuvlari boshqaruvini soddalashtiruvchi yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu haqida kompaniya bosh direktori Adam Mosseri ma’lum qilgan.
Ilovaning “Obunalar” bo‘limida profillarni endi toifalarga ajratish mumkin: tasmada eng ko‘p ko‘rinadigan va foydalanuvchi eng kam murojaat qiladigan.
Mosserining so‘zlariga ko‘ra, yangi funksiya foydalanuvchi manfaatlari va aloqalarini yanada yaxshi aks ettirish uchun qayd yozuvlari boshqaruvini soddalashtiradi. Bundan tashqari, ushbu yangilik ijtimoyi tarmoqda reklama ko‘rish sonini ko‘paytirish imkoniyatini imkon beradi.
LiveBarchasi