“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom va “Inson huquqlari himoyasi uchun» ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tasdqilandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ushbu nizom va tavsiflar Prezidentning joriy yilning 22 iyuldagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni 10 dekabrda Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida topshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar taqdirlanadi.

Ta’kidlanishicha, mukofotlash Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash, shuningdek, taqdirlash marosimini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Xabarga ko‘ra, mazkur hujjat 4 noyabrdan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar