Inouening rejalarida Ahmadaliyev bilan jang yo‘q 

Sport

image

Yaponiyalik professional bokschi, 4 ta yo‘nalishda jahon chempioni Naoya Inoue hali-beri o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilmoqchi emas. Bu haqda “Top Rank” rahbari Bob Arum “Dazn”ga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Arumga ko‘ra, yaponiyalik bokschi keyingi jangini Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yo‘nalishida rasmiy da’vogar 25 yoshli avstraliyalik Sem Gudmenga (19-0, 8 KO) qarshi o‘tkazadi. Jang 24 dekabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Shundan so‘ng, Arum 2025 yilning ikkinchi yarmida Inoue va bitta past vaznda Butunjahon boks ittifoqi (WBC) chempioni hamyurti Junto Nakatani (28-0, 21 KO) o‘rtasidagi jangni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazishni reja qilmoqda.

26 yoshli Nakatani ayni vaqtda “The Ring” jurnali talqiniga ko‘ra, vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingida 9-o‘rinda bormoqda. U Inoue bilan jang qilish uchun vaznini ko‘tarishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev Inouega chaqiruv tashlab, yaponiyalik bokschi istalgan joyda, istalgan vaqtda jang qilishga tayyorligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue Bob Arum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made