Inoue, seni nokaut qilaman – Murodjon Ahmadaliyev

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik to‘rt vaznda jahon chempioni Naoya Inouega yana murojaat yo‘lladi.

Ahmadaliyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik jahon chempionini jangdan qochmaslikka chaqirdi.

“Inoue, qochib yurishni bas qil! Men o‘z chempionlik kamarlarimni sog‘indim. Ularni qaytarib olish vaqti keldi. Qachongacha mendan qo‘rqib, qochib yurasan? Menga manzilingni tashla! AQSHmi, Yaponiyami yoki boshqa davlat, ochig‘i menga buning farqi yo‘q. Chempionlik kamari uchun istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Men seni nokaut evaziga mag‘lub etaman”, deydi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA,WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. Murodjon Ahmadaliyev esa uning WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made