Innovatsiya vaziri o‘rinbosarlari orasida o‘zgarishlar bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi PQ-5047-son “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy apparatining yangi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan: 
 
Shahloxon Utkurovna Turdiqulova O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; 

Olimjon Alijonovich To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing