Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi 1 yanvardan tugatiladi – Prezident qarori
Jamiyat
−
31 dekabr 2020
6403Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatiladi, jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hamda jamg‘armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkazilishi ta’minlaydi.
Belgilanishicha, 2021 yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni (oq va boshqa shakardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi 2021 yil 31 dekabrga qadar qo‘llaniladi.
LiveBarchasi