Ingushetiyada “Medov klani” a’zolari o‘rtasida otishma chiqdi. Qurbonlar bor
Olam
−
16 iyun 2020
6586Nazrani shahrida (Ingushetiya) besh kishi halok bo‘lgan otishma sabablari o‘rganib chiqildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Medov urug‘ining qarindoshlari o‘rtasida bir necha kun mojarolar bo‘lgan. Ikki aka-uka bu masalada kelisha olmagan. 16 iyun kuni ziddiyatli tomonlarning har biri o‘z odamlarini to‘plashdi va ular Nazranidagi Kommunalnaya va Varshava chorrahasida uchrashishdi. Janjal boshlanib, Nazrani tuman militsiyasi kapitani Adam Medov mojaroning boshqa ishtirokchisini pichoqlagan, shundan so‘ng jabrlanuvchining tarafdorlari o‘t ochishni boshlagan.
Politsiya zobiti Medov va uning Respublika “Rosgvard”ining shaxsiy xavfsizlik bo‘limida ishlaydigan amakivachchasi Magomed Medov o‘qdan yaralanish oqibatida halok bo‘lgan. Uchinchi marhumning familiyasi ham Medov ekanligi aytilmoqda.
Ingushetiyaning sobiq ichki ishlar vaziri, general-mayor Musa Medov “Medov klani”ning rahbari hisoblanadi. U vazirlikni 2011 yilgacha boshqargan, ammo bir qator shov-shuvli janjallardan so‘ng, nafaqaga chiqqan edi. Hozir uning ko‘plab qarindoshlari politsiya va Rossiya gvardiyasida xizmat qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, tergov davomida nizolashayotgan tomonlarning qurol olishga ijozati bor yoki yo‘qligini aniqlanmoqda.
Otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Ikki kishi og‘ir yaralandi va shifoxonaga olib ketildi. Gumon qilinayotgan fitnachi hibsga olingan – u “Medov klani”ning keksa vakili Savangerey Medov hisoblanadi. Aynan u yer talashgan qarindoshlarning o‘rtasida janjal qo‘zg‘atgan.
Ichki mojaroda 15 kishi ishtirok etgan. Otishmada tomonlarini ajratishga uringan Aksidoyev ismli posbon ham halok bo‘lgan.
LiveBarchasi