Infinity rezidensiyasidan xonadon xarid qilish uchun 8 sabab

Biznes

image

Yangi Infinity turar joy majmuasidan xonadon xarid qilish sabablarining hammasini birdan sanab o‘tish qiyin, shuning uchun bu safar biz ularning sakkiztasi haqida so‘z yuritamiz.

Infinity'ni tanlashning birinchi sababi — bu yana bitta apartament yutib olish imkoniyatidir. Golden House 15 yanvardan boshlab noyob aksiya e’lon qilmoqda: Infinity TJMdan xonadon xarid qilganingizda, Golden House turar joy majmualarining biridan yana bir xonadon yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

Ikkinchi sabab: innovatsion eko-konsepsiya.

Golden House'dan Infinity loyihasi 5 ta turar joy binosini o‘z ichiga oladi. Ularning to‘rttasi tabiat unsurlari — yer, suv, havo va olovning, beshinchisi esa ruhning timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Premial majmua Abdulla Qodiriy va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida joylashgan (mo‘ljallar: Yaponiya elchixonasi, Sog‘liqni saqlash muzeyi, 1-sonli hukumat poliklinikasi).

Uchinchi sabab: Infinity'ning me’moriy va dizaynerlik yechimi dunyo miqyosidagi Chapman Taylor va Benoy nomli Britaniya byurolariga ishonib topshirildi. Birinchi kompaniya 1959 yildan boshlab London Skotlend-Yardi va 90 ta davlatda 2 000 dan ziyod loyihalari bilan dunyoga tanilgan. Ikkinchisi — Abu-Dabidagi Ferrari World ko‘ngilochar bog‘i va Londondagi Xitrou (Heathrow) aeroportining yangi terminallari loyihasi bilan mashhur.

To‘rtinchi sabab: yuqori maqomni belgilovchi apartamentlar.

Infinity — bu yuqori darajadagi hayot uchun maskandir. Majmua hududiga kirishdanoq uning mehmonlari va aholisi hashamat muhitiga sho‘ng‘iydi. Rezidensiyaning kirish qismi intererida bekami-ko‘st did, qulaylik va hashamat hissini ulkan mahorat bilan mujassam etgan dunyoning eng yaxshi mehmonxonalarini eslatadi.

Britaniya arxitektorlari Infinity'ning har bir binosiga noyoblik va individuallik berishgan. Hattoki, turar joy majmuasining balandligi ham 12 qavatdan 16 qavatgacha o‘zgarib turadi. 4-qavatdan esa O‘zbekistonning beqiyos tog‘larini tomosha qilish imkoniyati bor.

Beshinchi sabab: tarhlarning xilma-xilligi.

Har kim o‘zi uchun orzusidagi xonadonni topa oladi, negaki developer 30 dan ziyod tarhdagi xonadonlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, foydasiz maydonlar yo‘qqa chiqarilgan, qismlarga bo‘lish esa puxta o‘ylangan holda amalga oshirilgan.

Infinity shunday ishlab chiqilganki, unda har bir metr maydondan foydalaniladi. Yopiq omborxonalar va o‘rnatilgan mebel javonlari buyumlarni saqlash muammosini ajoyib tarzda hal qiladi. Keng mehmonxonalar bayramlar va yig‘ilishlar o‘tkazish imkonini beradi. 

Infinity'dan xonadon xarid qilishning oltinchi sababi: yuqori passiv daromad olish imkoniyati.

Infinity loyihasi ayni damda kotlovan bosqichida bo‘lib, bu odatda investitsiya (sarmoya) kiritish uchun eng qulay bosqich hisoblanadi. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ko‘chmas mulk narxi qurilish jarayonida 20–30 foizga oshadi.

Yettinchi sabab — bu developerning ishonchliligi va tajribasi. Quruvchilar ishonchsiz bo‘lsa, dastlabki sarmoyalar xavfli bo‘lishi mumkin, biroq Golden House kompaniyasi bozorda 2010 yildan buyon faoliyat olib boradi. 10 yil davomida 30 dan ziyod ob’ektlar qurildi, ularning ko‘pchiligi belgilangan muddatdan 3–6 oy avval ishlatishga topshirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning mayida qabul qilingan “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qurilayotgan ko‘chmas mulk xaridorlari yo‘liqishi mumkin bo‘lgan xavfni kamaytirdi.

Birmuncha vaqt o‘tib Infinity apartamentlari yuqori daromad olib keluvchi aktivga aylanadi va davlatmand hamda xorijlik insonlar uchun nihoyatda talabbop bo‘ladi.

Nihoyat, sakkizinchi va muhim sabablardan biri — turar joy majmuasining poytaxtning qoq markazida joylashganligi, tumanning noyob infratuzilmasi Infinity'dagi shinam hayot uchun yana bir yoqimli tuhfa bo‘ladi. Shu yerda qad rostlaydigan savdo-ko‘ngilochar markazi majmua aholisi va mehmonlari uchun navbatdagi g‘aroyib sovg‘alardan biriga aylanadi.

Qanday qilib bitta xonadon xarid qilib, ikkita xonadonga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin?

Infinity'dan xonadon xarid qilib, developerdan yana bitta xonadon yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun sizda uch oy bor. Bunday noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Savdo ofisida yoki sayt orqali siz 30 dan ziyod tarhlarni ko‘rishingiz va o‘z apartamentlaringiz unsurini tanlashingiz mumkin.

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, “Novomoskovskaya” TJM.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing