Infinity: poytaxt markazidan shaharga nigoh

Biznes

image

Toshkentning qoq markazida, Abdulla Qodiriy va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida jadal sur’atlarda hashamatli Infinity rezidensiyasi qurilishi ketmoqda. Birinchi blok devorlari qad ko‘tarishni boshladi, ish esa kunu tun davom etmoqda. Qurilish bosqichida xonadonlar tezda o‘z sohiblariga ega bo‘lmoqda va yaqin orada zamonaviy turar joy majmuasi o‘zining ilk egalarini qabul qiladi.

Loyiha mualliflari majmuani O‘zbekiston kengliklari va tog‘ cho‘qqilaridan ilhomlangan holda ishlab chiqqanlar. Xalqaro me’morchilik va dizayn byurolari ishining natijasi o‘laroq 5 ta binoni o‘z ichiga olgan majmuaning eko-konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Binolarning to‘rttasi tabiat unsurlarini ifoda etadi — yer (Terra), suv (Aqua), havo (Aer), olov (Ignis), beshinchi unsur esa barchasini birlashtiradi  va qalb (Spirit)ning timsoli bo‘lib xizmat qiladi.

Infinity'ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda ekologik soflik va tabiat bilan uyg‘unlikka urg‘u berilgan. Binolarning yuqori qavatlarida ajoyib mikroiqlim yaratadigan ko‘kalamzorlashtirilgan terrasalar ko‘zda tutilgan. Yashil barglar bilan o‘ralgan bino fasadlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh taftidan himoya qilish vazifasini o‘taydi. “Mashinasiz hovli” konsepsiyasi ham hududning ekologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Majmua hududi begonalar uchun yopiq va avtotransport vositalaridan xoli, avtomobil egalari esa ularni yerosti yoki yerusti avtoturargohlarda qoldirishlari mumkin bo‘ladi.

Infinity'ning ichki ko‘rinishi tashqi qiyofasiga mos keladi: jamoat joylari va xonadonlar hudud kabi keng va bepoyon. Har bir bino o‘zgacha uslubda bezatilgan, ammo ularning barchasini bir mavzu birlashtirib turadi: tabiiy ranglar va ohanglar. Bloklarda xonadonlar soni turlicha – bittadan to‘rttagacha. Tarhlarning o‘ziga xos xususiyati – har bir xonadonda o‘zining terrasasi bor. Misol uchun, to‘rt xonali xonadonlarda 9 metr maydonga ega terrasalar mavjud. Agar siz kompyuterda ishlaydigan bo‘sangiz, bu yerda toza havoda ishlash uchun ajoyib shinam muhit yaratish mumkin. Dam olish kunlarida esa yangilanayotgan poytaxt yoki tog‘lar manzarisini tomosha qilgan holda choyxo‘rlik uyushtirish ham mumkin.

Majmuada taqdim etilayotgan xonadonlar dastlabki ta’mir ishlari bilan taqdim etiladi. Barchasi individual dizaynerlik loyihasiga muvofiq so‘nggi pardozlash ishlarini boshlash uchun tayyor holda bo‘ladi, ya’ni xonadonda barcha kommunikatsiya tizimlari o‘tkaziladi, kirish eshigi va derazalar o‘rnatiladi, gipsokartonli shiftlar qoqiladi, pollar tekislanadi. Turar joy majmuasini xonadon egalarining istaklarini ro‘yobga chiqaradigan va ularning vaqt va mablag‘larini tejash imkonini beruvchi “Aqlli uy” intellektual tizimi boshqaradi.

Luxury toifasidagi majmua shunday joylashtirilganki, hayot uchun barcha kerakli narsalar yo majmua hududida, yo piyoda yurish masofasida joylashgan. Muhim ijtimoiy-maishiy ob’ektlar, dam olish joylari, shaxsiy bolalar bog‘chasi va yaqin orada maktablar, o‘quv markazlari, savdo nuqtalari va xiyobonlar, metro stansiyalari va jamoat transporti bekatlari – bularning barchasi rezidensiyani barcha yoshdagi insonlar uchun qulay va shinam qiladi. To‘siqsiz kirish yo‘laklari yordamida esa imkoniyati cheklangan insonlarga alohida qulaylik yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqin orada biz Infinity majmuasidan xonadon xarid qilib, sovg‘a tariqasida Golden House'dan yana bir xonadon yutib olgan mijozni aniqlaymiz. Bu aksiya qurilish bosqichida xonadon xarid qilishning afzal ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Poytaxtning eng kutilgan loyihasi qurilishi keskin sur’atlarda davom etmoqda — bugungidan ko‘ra arzonroq narxlar boshqa bo‘lmaydi. Mablag‘laringizni manfaatli investitsiya qilish imkoniyatidan foydalanib qoling yoki o‘zingiz uchun xonadon xarid qiling – axir bu rezidensiya farovon bo‘lib borayotgan, mehmondo‘st, ammo zamonaviy va ilg‘or yangi Toshkentning timsoli bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot quyidagi telefon raqami orqali yoki markaziy savdo ofisida: (+998) 78−888−18−88.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘beks tumani, Osiyo ko‘chasi, 3.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya”TJM.

Call-markaz: (+998) 78−888−18−88.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing