Infinity — ko‘chmas mulkka bo‘lgan aqlli investitsiya

Biznes

image

Tahlilchilarning bashoratlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida narxlarning tushishi yakunlandi va yaqin yillarda sekin-asta, lekin ahamiyatli o‘sish kuzatiladi. Demak, hozir — ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish uchun eng yaxshi fursat! Toshkentda eng manfaatli investitsiya kiritish — bu kotlovan bosqichida ishonchli developer bilan kelishuvga erishishdir. Negaki aynan shu bosqichda eng yaxshi takliflar amal qiladi, narxlar arzon bo‘ladi. Quruvchi kompaniya, loyiha va xonadon to‘g‘ri tanlansa, narx oshishi avvalgi bosqichga qaraganda taxminan 30-40 foizga yuqori bo‘ladi.

Dastlabki bosqichda ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish va qurilish yakunlangandan so‘ng uni sotish jarayoni rivojlangan davlatlarda eng mashhur investitsiya strategiyasi bo‘lib qolmoqda. Ammo xonadonni nima maqsadlarda xarid qilishga qaramay (o‘zingiz uchun yoki biznes uchun), bozordagi eng qadrli takliflarga urg‘u berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Avvalo Ishonchli quruvchi kompaniyani tanlang. Yaxshi developer — bu ko‘p yillik tajriba, muvaffaqiyatli tugallangan loyihalar, nufuz, sifatli marketing va mijoz bilan ochiq munosabat.

Quruvchining barcha takliflarini o‘rganib chiqing. Har bir kompaniyaning aynan sizga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘lgan “durdonasi” bo‘ladi.

O‘z ehtiyojlaringizni aniqlab oling. Shaxsiy infratuzilmaning mavjudligi — bu zamonaviy turar joy majmualarida shundoq ham bo‘lishi kerak bo‘lgan jihatlardan. Nufuzli quruvchi kompaniyalar ijtimoiy ob’ektlarni noldan barpo qilishadi. Shaxsiy maktabi, bolalar bog‘chasi, tijoriy maydonlari bo‘lgan turar joy majmuasiga e’tibor qarating.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan barcha imtiyozlar haqida bilib oling. Bu qulay bo‘lib to‘lash shartlari, chegirmalar, sovg‘alar, individual tarzda taqdim etiluvchi moliyaviy dasturlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Yodda tuting: barqaror inflyatsiya tufayli muddatli to‘lov xaridor uchun manfaatli bo‘lishi mumkin.

Nafaqat loyiha dizaynini, balki uning muvofiqligini ham baholang. O‘simliklarning ko‘pligi va panoramali tabiiy manzaralar katta talabga ega. Bunday xonadonlarda inson o‘zini tabiatga yaqinroq his qiladi va bu ularning shahar aholisi intiluvchi ekologik soflikka bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Bugungi kunda Toshkentdagi eng istiqbolli loyihalardan biri — bu INFINITY rezidensiyasi bo‘lib, u yuqorida aytilgan barcha talablarga javob beradi. Bu poytaxt markazidagi yuqori rentabellikka ega noyob turar joy majmuasidagi apartamentlar narxlari tegishlicha narxda bo‘lsa-da, foydali chegirmalar va yana bir xonadon yutib olish imkoniyati tufayli xaridorlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan. Loyiha haqiqatan ham yangicha va u bilan tanishib chiqishga arzigulik!

Ayni damda INFINITY rezidensiyasi qurilishning ilk bosqichida va bu investitsiya kiritish uchun eng yaxshi fursat. Qurilish yakunlangandan so‘ng esa u hayotning barcha sohalarini mujassam qilgan haqiqiy vohaga va farovonlik konsepsiyasining timsoliga aylanadi. Derazalardan g‘aroyib manzaralar, rivojlangan infratuzilma, turli xildagi xonadon tarhlari va madaniyatli qo‘shnilar! Bundan katta orzu bo‘ladimi?

Golden House'ning INFINITY loyihasi bo‘yicha manfaatli takliflaridan cheklangan muddat foydalanish mumkin. Buning ustiga, ayni damda bahoriy bayramlar, xususan, Navro‘z munosabati bilan ajoyib aksiyalar amal qilmoqda!

Harakat qilish vaqti! Yashash vaqti! INFINITY vaqti!

Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: Orient Finance Bank

Telefon: (+998) 78−888−18−88

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing