Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini samarali tiklash yo‘li topildi
Salomatlik
−
04 noyabr
7141Inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yurak xurujini o‘tkazgan bemorlarda ko‘pincha kasallikdan so‘ng zararlangan mushaklar o‘rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi.
Olimlar tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba jarayonida suyak ko‘migining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi.
Sinov chog‘ida quyidagi tahlillar qo‘lga kiritildi: infarktdan keyin bir oy o‘tgach, GPNMB oqsilidan mahrum bo‘lgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi. Oqsil darajasi me’yorida bo‘lgan jonivorlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi.
Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yanada samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.
LiveBarchasi