Infantino O‘zbekistonni JCHdagi debyut bilan tabrikladi

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy debyut bilan tabrikladi. Bu tabrikni Infantino Kolumbiyaga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi rasmiylariga shaxsan yo‘lladi.

Meksikada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi “Asteka” stadionida FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashgan. Suhbat davomida Infantino O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki bilan qutlab, jamoaga kelgusi bahslarda omad tilagan.

Uchrashuvda Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA prezidentiga bildirilgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik izhor qilgan.

Shuningdek, rasmiylar Kolumbiyaga qarshi uchrashuv milliy futbol taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Tomonlar Jahon chempionati doirasidagi hamkorlik va musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilishi yuzasidan ham fikr almashgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasi Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti va FIFA kengashi a’zosi Ramon Xesurunni jamoasining g‘alabasi bilan tabriklab, unga esdalik sovg‘asini topshirgan.

Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janni Infantino Kolumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing