Infantino O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi (video)

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida FIFA Futzal Jahon chempionati mezbonligi uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

“Butun o‘zbek xalqiga, avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga, Bosh vazir Abdulla Aripov va albatta Abdusalom Azizov boshchiligidagi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Siz butun dunyoni o‘zingizning go‘zal mamlakatingizda ajoyib qarshi oldingiz va barchani bu yurtni o‘z uyidek his qilishiga zamin yaratdingiz. Sizlar haqiqiy g‘olibsiz”, deydi Infantino.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar 3 ta shahar Toshkent, Andijon va Buxoroda Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazdi. Turnirning hal qiluvchi o‘yini poytaxtdagi Humo arenada o‘tkazildi. Turnirda 24 ta terma jamoa ishtirok etib, yakunda Janubiy Amerika vakili Braziliya jamoasi o‘z tarixida 6-bor mundial g‘olibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jahon chempionati Janni Infantino Futzal Xalqaro futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made