Infantino Trampning “bitta telefoni bilan” Balogunni oqlagani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
18:59 356 2 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH Prezidenti Donald Trampga Amerika terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning Jahon chempionatidan chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyatni “bitta telefon qo‘ng‘irog‘i” bilan hal qilgan. Bu haqda “The New York Post” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlari to‘rtta manbaga asoslangan bo‘lib, hozircha rasman tasdiqlanmagan. Gazetaning yozishicha, joriy yilning 1 iyul kuni bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Infantino Trampga ushbu holatni “ko‘rib chiqishini” aytgan. Shundan so‘ng masala “bitta telefon qo‘ng‘irog‘i” orqali hal qilingani ta’kidlanmoqda.
Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi 1/16 final uchrashuvida qizil kartochka olgan va umumiy qoidalarga ko‘ra, keyingi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi.
Keyinchalik FIFA Intizom qo‘mitasi qizil kartochkani o‘z kuchida qoldirdi, ammo futbolchining diskvalifikatsiyasini bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turishga qaror qildi. Bu esa hujumchiga AQSH terma jamoasining Belgiyaga qarshi uchrashuvida ishtirok etish imkonini berdi. Biroq shunga qaramay Amerika terma jamoasi mazkur bahsda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Tramp Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, futbolchining chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyatni qayta ko‘rib chiqishni so‘raganini tasdiqlagan. Biroq u FIFA’ga qanday qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma bermaganini aytgan.
Infantino ham AQSH Prezidentidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini tasdiqlagan, ammo mazkur masala FIFA’ning mustaqil sud organlari vakolatiga kirishini ta’kidlagan.
Live
Barchasi