Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
07 iyul 1882 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatindan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. Shubhasiz, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
“Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alenka Suxadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi