Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi vafot etdi
Jamiyat
−
14 iyun
9491Kecha, 13 iyun kuni soat 18:30 da Toshkent shahrida Indoneziya Respublikasining O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinata vafot etdi. Bu haqda Indoneziya elchixonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Sunaryo Kartadinata 1950 yilda tug‘ilgan. U tibbiyot fanlari magistri, professor bo‘lib, 2019 yildan boshlab Indoneziyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Ma’lumot uchun, pandemiya davrida COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida Sunaryo Kartadinata rahbarligidagi Indoneziya elchixonasi ichida juma namozi o‘qilgan.
LiveBarchasi