Indoneziyadagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar 174 nafarga yetdi
Olam
−
02 Oktabr 2022
8308Indoneziyada stadiondagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni 174 kishiga yetdi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar bermoqda.
Sharqiy Yava gubernatori o‘rinbosari Emil Dardakning so‘zlariga ko‘ra, 100 dan ortiq yarador shifoxonalarda, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir. O‘lganlar orasida besh yoshli bola ham bor.
Indoneziya futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Yunus Nusi matbuot anjumanida Xalqaro futbol federatsiyasi fojia yuzasidan hisobot talab qilganini ma’lum qilgan.
"FIFA bilan aloqa bo‘ldi, tashkilot hisobot so‘radi. Biz sanksiyalarga tushib qolmaslik uchun FIFA bilan bog‘lanamiz", deydi u.
Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo fojia munosabati bilan hamdardlik bildirgan. U politsiya boshlig‘i va futbol assotsiatsiyasi raisiga chuqur tekshiruv o‘tkazishni va u yakunlanmaguncha Indoneziya futbol chempionatini to‘xtatib turishni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziyaning Malang shahridagi stadionda futbol o‘yini ortidan yuz bergan tartibsizliklarda kamida 127 kishi halok bo‘lib, 180 kishi jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu fojia yuzasidan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga ta’ziya bildirdi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi